Urganç–Şovot yölida suv quvuri yorildi: suv favvora kabi otilib çiqdi
24-04-2026, 15:13
426 марта
Urganç–Şovot yölida suv quvuri yorildi: suv favvora kabi otilib çiqdiBugun, soat 14:00 lar atrofida Urganç–Şovot avtomobil yölida favqulodda holat yuz berdi — yer ostida ötgan suv quvuri yorilib, kuçli bosim ostida suv favvora kabi otilib çiqdi.
Guvohlarning aytişiça, suv bir neça metr balandlikka kötarilib, yölning bir qismini suv bosgan. Natijada uşbu hududda harakatlanayotgan avtomobillar uçun noqulayliklar yuzaga kelgan, ayrim haydovçilar esa vaqtinça yölni aylanib ötişga majbur bölgan.
Dastlabki malumotlarga köra, hodisa suv tarmoğidagi bosimning oşib ketgani yoki eskirgan quvurlarning şikastlangani bilan boğliq bölişi mumkin. Hozirça mutasaddi taşkilotlar tomonidan rasmiy izoh berilgani yöq.