Xorazmga kuçli issiq havo kirib kelmoqda: harorat +42 darajagaça kötarilişi mumkin
28-05-2026, 11:42
386 марта
Xorazmga kuçli issiq havo kirib kelmoqda: harorat +42 darajagaça kötarilişi mumkinMarkaziy Osiyo hududida kuzatilayotgan navbatdagi kuçli issiq havo oqimi Turkmaniston orqali Özbekistonning janubiy va ğarbiy hududlariga ham tasir körsatişi kutilmoqda.
Sinoptik kuzatuvlarga köra, 29 may kuni Turkmanistonning janubi-ğarbiy qismida havo harorati +48 darajagaça yetişi prognoz qilinmoqda. Mutaxassislar uşbu issiq tölqini mintaqa uçun mavsumning dastlabki +50 darajaga yaqin haroratlarini olib kelişi mumkinligini takidlamoqda.
Xorazm viloyati ham uşbu issiq havo çet qismi tasirida qolişi ehtimoli yuqori. Ayniqsa, şanba va yakşanba kunlari voha hududida havo harorati keskin kötarilib, kunduzi +40…+42 darajagaça yetişi mumkin.
Bunday yuqori harorat inson salomatligiga salbiy tasir körsatişi mumkinligi sababli, mutaxassislar aholini kunning eng issiq vaqti — soat 12:00 dan 17:00 gaça ehtiyotkor bölişga çaqirmoqda. Şuningdek, köproq suyuqlik istemol qiliş, oçiq quyoş ostida uzoq qolmaslik va keksalar hamda bolalar salomatligiga alohida etibor qaratiş tavsiya etilmoqda.
Ayni paytda Xorazmda yozning ilk jiddiy issiq tölqini kuzatilayotgani qayd etilmoqda. Meteorologlar kelgusi kunlarda ham ob-havo malumotlarini kuzatib borişni tavsiya qilmoqda.