Ertaga Xorazmda ob-havo qanday böladi? Ogohlantiriş va prognoz
3-06-2026, 14:58
569 марта
Ertaga Xorazmda ob-havo qanday böladi? Ogohlantiriş va prognoz4 iyun kuni Özbekistonning aksariyat hududlarida ob-havo özgaruvçan bölişi, ayrim viloyatlarda esa qisqa muddatli yomğir yoğib, momaqaldiroq bölişi kutilmoqda. Xöş, Xorazm vohasida vaziyat qanday?
«Özgidromet» xizmati agentligining xabar berişiça, ertaga respublikaning toğoldi va toğli hududlarida kuçli yomğirlar sababli sel-suv toşqinlari xavfi mavjud. Poytaxt Toşkentda ham kunning ikkinçi yarmida momaqaldiroq va yomğir kutilmoqda.
Xorazmda esa yoğingarçilik kutilmaydi
Respublikaning ayrim hududlarida beqaror ob-havo kuzatilayotgan bir paytda, Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasida vaziyat ança osoyişta böladi.
Yoğingarçilik: Namgarçilik va yomğir kutilmaydi, havo quruq va iliq böladi.
Şamol: Respublika böylab şarqiy yönalişdagi şamol esadi. Bazi joylarda şamol tezligi soniyasiga 13–18 metrgaça kuçayişi va çang-tözonlar kuzatilişi mumkin. Voha ahlidan çangli havoda ehtiyotkorlik çoralarini köriş söraladi.
Harorat körsatkiçlari
Ertaga viloyatimizda keçasi va kunduzi quyidagiça harorat qayd etiladi:
Keçasi: +13...+18 daraja iliq;
Kunduzi: +28...+33 daraja issiq.