USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyada özbekistonlik ayol raşk tufayli eri tomonidan vahşiylarça öldirildi

950 марта

Turkiyada özbekistonlik ayol raşk tufayli eri tomonidan vahşiylarça öldirildi 

Turkiyaning Umraniye şahrida Özbekiston fuqarosi bölgan 35 yoşli N.S. raşk sababli eri tomonidan köçada piçoqlab öldirildi. Bu haqda “Son dakika” xabar berdi.
Voqea 17 avgust kuni keçki soat 21:00 atrofida Ihlamurkuyu mahallasi Aytaşi köçasida yuz bergan. Malumotlarga köra, er xotinini raşk qilib, u bilan janjallaşgan. Janjal vaqtida 35 yoşli er ayolning tomoğidan piçoq bilan vahşiylarça kesib taşlagan. Ayol olgan tan-jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. 


Öz ayolini öldirgaç, erkak voqea joyidan qoçib ketgan. Istanbul politsiyasi tomonidan olib borilgan izlaş işlari davomida u 18 avgust kuni ertalab Umraniyeda qölga olingan. 
Qotillikdan keyin qölga olingan erkak söroqda jinoyatni sodir etganini tan olgan. U ilgari ham raşk sababli xotini bilan tortişuvlar bölib turganini aytgan. Şu kuni ham gaplaşiş uçun uni kutib turgani va janjal vaqtida özini yöqotib qöyganini politsiya xodimlariga sözlab bergan. 

“Nima qilayotganimni anglab yetganimda, allaqaçon u yerdan qoçib ketgan edim”, degan marhumaning turmuş örtoği. 

Tergov davomida voqea atrofdagi kameralarga tuşib qolgani ham aniqlangan. 

Voqeadan söng erkak bir tanişi bilan suhbatlaşib, undan yordam söragan. U bilan telefon orqali gaplaşgan şaxs ham politsiya tomonidan qölga olingan. Uning voqea haqida malum darajada xabardor bölgani va bazi yönalişlarda maslahat bergani taxmin qilinmoqda.

Suriştiruv işlari nihoyasiga yetganidan söng, gumonlanuvçilar sudga yuborilgan. Hodisa yuzasidan tergov işlari davom etmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: