20 yanvar kuni Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi, tuman tuşişi mumkin
19-01-2026, 12:44
2 838 марта
20 yanvar kuni Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi, tuman tuşişi mumkin20 yanvar, seşanba kuni Xorazm viloyati hududida havo özgaruvçan böladi. Bu haqda “Özgidromet” malum qildi.
Malumotlarga köra, viloyat böylab yoğingarçilik kuzatilmaydi. Biroq ayrim joylarda, ayniqsa tungi va ertalabki soatlarda tuman tuşişi ehtimoli bor. Bu holat avtotransport harakatida ehtiyotkorlikni talab etadi.
Şamol asosan şimoli-şarq tomondan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Havo harorati keçasi 8–13 daraja sovuqni taşkil etadi, kunduzgi paytda esa 0–5 daraja sovuq atrofida bölişi kutilmoqda.
Mutaxassislar sovuq havo va tumanli şaroit sabab haydovçilar hamda ertalab işga yöl oluvçi fuqarolardan yöl harakati qoidalariga qatiy amal qilişni söramoqda.