Fevral oyida ob-havo qanday böladi?
31-01-2026, 21:04
4 359 марта

Fevral oyida ob-havo qanday böladi?
Fevral oyi yanvar oyiga nisbatan örtaça 2-3 darajaga, toğlarda 1-1,5 darajaga iliqroq böladi. Bu haqda Özgidromet ogohlantiriş bilan çiqdi.Ammo qiş oylarining ob-havosi bir xillikka moyil emas va turli yillarda Özbekistonda fevral oylari har xil böladi.
Fevral oyida bahoriy iliq ob-havo tez-tez kuzatilgan davrlarda tabiat uyğonib, bodom, örik, olxöri va olçaning ertapişar navlari gullaşi boşlanadi.
Özbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barça yillari uçun fevral oyidagi maksimal haroratning mutlaq rekordlari 24-29 daraja iliqni, janubda bazi joylarda 30-32 daraja iliqni taşkil etadi. Respublika hududining katta qismida bu rekordlar 2016 va 2021 yillarda örnatilgan edi.
Uşbu asrda 2004, 2016 va 2021 yillarning fevral oylari eng issiq bölib, örtaça oylik harorat iqlim meyoridan 3-6 darajaga yuqoridir. Bu yillarda, eng issiq davrlarda, havo harorati 22-27 daraja iliqqaça, janubda 28-30 daraja iliqqaça kötarildi, bu bahor fasining örtalariga xosdir.
Ammo eng iliq yillarda ham fevral hali ham qiş oyi ekanligini unutmaydi. Köpinça havoni jadal isişidan söng qisqa muddatga qişki sovuqlar qaytadi. Şunday qilib, 2021 yilning fevral oyida anomal iliq ob-havodan söng (meyordan 8-13 darajaga yuqori), oyning oxirgi haftasida havo harorati 10-15 daraja sovuqqaça pasaygan edi.
2014 yilning fevral oyi eng sovuq bölib, bunda örtaça oylik harorat meyordan 4-8 darajaga past bölişi kuzatilgan. Respublika hududining katta qismida minimal havo harorati 17-22 daraja sovuqqaça, şimolda 25-30 daraja sovuqqaça pasaygan. Respublikaning köpçilik hududlarida XXI asrdagi barça fevral oylari uçun bu eng past harorat böldi.
Biroq, 2014 yilning fevral oyidagi sovuqlar kuzatuvlarning tarixiy qatori uçun minimal havo haroratining mutlaq rekordilariga nisbatan kuçsiz bölib, hududning katta qismida harorat 22-27 daraja sovuqqaça, Qoraqalpoğiston Respublikasida 32 daraja sovuqqaça, Ustyurtda 38-40 daraja sovuqqaça pasaygan.