Özbekistonda havo harorati 15 darajagaça kötariladi
6-02-2026, 16:35
512 марта

Özbekistonda havo harorati 15 darajagaça kötariladi
Özgidromet 6-8 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo malumotini elon qildi.Unga köra, bugun, 6 fevral kuni kunning birinçi yarmida Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, faqat şimoliy hududlarda yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 1-6 daraja iliq, şimolda 2-7 daraja sovuq böladi.
Ertaga respublika hududi böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Farğona vodiysi hududlarida yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin. Havo harorati keçasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni taşkil etadi, kunduzi 7–12 iliqqaça kötariladi.
Yakşanba kuni asosan yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Havo harorati keçasi 0–5 daraja iliqni, kunduzi 10–15 daraja iliqni taşkil etadi.
Bazi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 va 8 fevral kunlari ayrim joylarda 13–18 m/s gaça kuçayişi mumkin.