Katta tozalaş: Ronaldu bir kunda millionlab obunaçisidan ayrildi
8-05-2026, 09:47
52 марта

Katta tozalaş: Ronaldu bir kunda millionlab obunaçisidan ayrildi
Instagram tarmoği botlar va faol bölmagan akkauntlarga qarşi keng kölamli “tozalaş”ni boşladi. Oqibatda dunyo maşhurlari va blogerlar bir neça soat içida millionlab obunaçilaridan ayrildi. Bu haqda “Yahoo Creators” xabar berdi.Naşr malumotiga köra, jami 50 millionta akkaunt öçirib taşlangan.
Eng katta yöqotiş Kayli Jennerda kuzatilgan – u 15 million obunaçisini yöqotgan. Kriştianu Ronalduda 8 million, BTS guruhi va Ariana Grandeda 7 milliondan, Selena Gomesda 6 million, Teylor Sviftda esa 5 million obunaçi kamaygan.
Ommaviy tozalaşga Meta kompaniyasining feyk akkauntlarga qarşi yangi tizimi sabab bölgan. Endilikda algoritmlar faol bölmagan sahifalar, avatar va tavsifsiz profillar, botlar orqali oçilgan akkauntlar hamda maxsus servislar orqali suniy köpaytirilgan obunaçilarni qattiq nazorat bilan öçirmoqda.