“Bunyodkor”ga Rivaldo oldidagi qarzni tölaş uçun muddat berildi
15-05-2026, 09:59
392 марта

“Bunyodkor”ga Rivaldo oldidagi qarzni tölaş uçun muddat berildi
Toşkentning “Bunyodkor” klubiga jamoaning sobiq futbolçisi Rivaldo Ferreyraga tölanişi kerak bölgan qarzni tölaş uçun muddat berildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.Avvalroq, “Bunyodkor” futbol klubi hamda uning sobiq futbolçisi Rivaldo Ferreyra (2008-10 yillarda) örtasidagi nizo Lozannadagi Sport arbitraj sudi tomonidan körib çiqilib, 2023 yil 6 noyabr kuni hal qiluv qarori çiqarilgan edi. Unga köra, “Bunyodkor” futbol klubiga mazkur sobiq futbolçisi oldidagi qarzdorlikni tölab beriş böyiça majburiyat yuklangan.
“Özbekneftgaz” AJning öşa davrdagi rahbariyati topşiriğiga binoan 2024 yil 30 mart kuni “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan uşbu futbolçi bilan qarz majburiyatlari miqdorini kamaytiriş, uni bölib-bölib tölaş muddatlari böyiça kelişuvga erişilgan. Mazkur kelişuvga muvofiq, qarzdorlik öz vaqtida tölanmagan taqdirda “Bunyodkor”ga katta miqdordagi qöşimça moliyaviy majburiyatlar vujudga kelişi qayd etilgan.