Mourinoning “Real”ga qaytişi deyarli aniq böldi
16-05-2026, 16:41
182 марта

Mourinoning “Real”ga qaytişi deyarli aniq böldi
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoning “Real Madrid”ga boş murabbiy böliş ehtimoli juda yuqori baholanmoqda. Bu haqda “Marca” naşri xabar berdi.Manbada aytilişiça, Mourino uşbu lavozim uçun asosiy va yagona nomzod hisoblanadi. Xabarga köra, tomonlar kelişuvga juda yaqin va maşhur insayder Fabritsio Romanoning iborasi bilan aytganda, “Here we go” elon qilinişi ham uzoq emas. Joze “qirollik klubi”dan söng murabbiylik faoliyatini yakunlamoqçi. Şunday qilib, portugaliyalik mutaxassis Madrid klubini tark etganidan 13 yil ötib yana jamoa boşqaruviga juda yaqin turibdi.
63 yoşli Mourino “Real Madrid”ni 2010 yildan 2013 yilgaça ham boşqargan. Uning qöl ostida klub Ispaniya çempionligi, şuningdek, Ispaniya kubogi va Superkubogini qölga kiritgan.
Malumot uçun, “Real Madrid” joriy mavsum yakuniga qadar yana ikkita uçraşuv ötkazadi. Birinçisi, joriy yilning 17 may kuni “Sevilya”ga qarşi uçraşuvi, ikkinçisi esa 23 may kuni “Atletik Bilbao” bilan bahs olib boradi.