Husanov “Siti”da yana bir kubok yutdi
16-05-2026, 21:24
199 марта

Husanov “Siti”da yana bir kubok yutdi
Bugun, 16 may kuni Angliya Kubogi final bahsi bölib ötadi. Boş sovrin uçun kuraşda “Mançester Siti” 1:0 hisobida “Çelsi”ni mağlubiyatga uçratdi va kubok sohibi böldi.Uçraşuvning birinçi bölimi qarama qarşi hujumlarda keçgan bölişiga qaramay, hisob oçilmadi. Ikkinçi bölimning 57-daqiqasida Husanov raqibga işlatgan qöpolligi uçun ogohlantirildi. Öyinning yagona goli 72-daqiqada Holandning uzatmasidan keyin Antuan Semeno tomonidan kiritildi. Uçraşuv söngiga qadar uşbu hisob saqlanib qoldi va “Mançester Siti” 2025-2026 yilgi Angliya Kubogini qölga kiritdi.
Abduqodir Husanov uçraşuvda töliq 90 daqiqa harakat qildi. “Sofascore” portali talqiniga köra, Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisining finaldagi harakatlari 6,7 ball bilan baholandi. Uşbu sovrin Husanov “şaharliklar” safiga qöşilganidan beri 2-kubogi böldi.
Bungaça Abduqodir joriy yilning 22 aprel kuni Angliya Liga kubogi finalida “Arsenal” ustidan qozonilgan ğalaba orqali Liga kubogini qölga kiritilgandi. Şuningdek, “Mançester Siti” Angliya Premer-ligasida ham çempionlik uçun kuraş olib bormoqda. Mavsum tugaşiga ikki tur qolgan bir paytda “şaharliklar” “Arsenal”dan ikki oçko orqada bormoqda. Agar qolgan ikki turda “Arsenal” oçko yöqotsa, Husanov jamoasi mavsumni içki trebl bilan yakunlaş imkoniyatiga ega böladi.