Qora kunlar intihosi
29-05-2026, 20:36
271 марта

Qora kunlar intihosi
Kuni keça Fabritsio Romano tomonidan elon qilingan Entoni Gordon transferi köpçilik futbol muxlislarini hayratga soldi.

Qiziği şundaki, "Barsa" bu bilan töxtab qolmoqçi emas. Klubning şort-listida Xulian Alvares, Markos Senesi, Bernardu Silva kabi futbolçilar ham bor.
Kataloniyaliklar hatto Xulian uçun 90 million va bonuslarni öz içiga olgan birinçi taklifni ham yuborib ulgurdi. Mavsum yakuniga yetib, mundialga 1 oydan kam qolgan paytda "Barsa"ning transfer oynasida faollaşişi mantiqiy, çunki futbolçilar JÇ paytida diqqatini faqat musobaqaga qaratgani bois transfer bozori sustlaşadi va muzokaralardagi samaradorlik pasayadi.
Lekin savol boşqa yerda: yillar davomida transfer bozoridagi eng kamtarona jamoalardan biriga aylangan "Barsa" qanday qilib birdaniga “quturib ketdi”? Kataloniyaliklar transferlarga qayerdan pul topyapti? Quyida şularni tuşuntirişga harakat qilamiz.
Kataloniyaliklar hatto Xulian uçun 90 million va bonuslarni öz içiga olgan birinçi taklifni ham yuborib ulgurdi. Mavsum yakuniga yetib, mundialga 1 oydan kam qolgan paytda "Barsa"ning transfer oynasida faollaşişi mantiqiy, çunki futbolçilar JÇ paytida diqqatini faqat musobaqaga qaratgani bois transfer bozori sustlaşadi va muzokaralardagi samaradorlik pasayadi.Lekin savol boşqa yerda: yillar davomida transfer bozoridagi eng kamtarona jamoalardan biriga aylangan "Barsa" qanday qilib birdaniga “quturib ketdi”? Kataloniyaliklar transferlarga qayerdan pul topyapti? Quyida şularni tuşuntirişga harakat qilamiz.
Klub katta transferlarga qanday qaytganini tuşunişimiz uçun, avvalo, ular qanday qilib çeklovlarga duçor bölganidan boxabar bölişimiz kerak.
Gap şundaki, Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi va La Liga har bir jamoaning yillik daromadidan xabardor bölib turadi, yani La Ligada öynaydigan har qanday jamoa har 6 oyda özining çiqim va foydalari hisobotini topşirişga majbur. Federatsiya klubning iqtisodiy holatini örganib, har bir klub uçun malum miqdorda limit belgilaydi. Bu limit öz içiga futbolçilar, murabbiylar, skautlar, akademiya va yoşlar jamoasi, xullas, deyarli barça şartnoma asosida işlaydigan xodimlarning maoşi va soliqlarini oladi. Limit — klubning yillik xarajatlari uçun qöyilgan çeklov bölib, klublar undan ortiq çiqim qilişlari mumkin emas. Agar klub bu miqdordan çiqib ketadigan bölsa, unga yangi transfer qilişni malum miqdorda taqiqlaş va yana şunga öxşaş jazolar qöllanişi mumkin. Federatsiya tomonidan klublar bankrot bölib ketmasligi uçun joriy etilgan bu qonun, amalda "Barselona"ning böyniga tuşgan sirtmoqqa aylandi.2018-2019 yilgi mavsumning oxirida klub bir milliardga yaqin daromad kördi. Şunga binoan, federatsiya klubga 671 million yevrolik limit qöydi, çunki klub topayotgan daromadni öşa paytda Ispaniyadagi birorta jamoa topa olmas edi.
Foydaning katta qismi çiptalar, translyatsiya uluşi, homiylar va transferlar evaziga keldi. Bunday katta foyda körayotgan klub tabiiyki yanada yaşnab ketişi kerak edi. Ammo buning örniga kataloniyaliklar 2 yildan keyin katta qarzlarga botib qoldi. Bunga sabab Xosep Bartomeu va uning rahbariyati iqtisodiy taraflama ulkan xatolarga yöl qöyganidir. Avvalo, Neymar sotib yuborilgaç, klub katta pullar evaziga Dembele, Koutino, Grizmann kabi narxi va maoşi öta baland bölgan futbolçilarni sotib oldi. Tarkibdagi Messi, Alba, Buskets, Pike va Umtiti kabi öyinçilar bilan şartnomani uzaytiriş paytida haddan taşqari yuqori maoşlar belgilandi. Yillar davomida tölangan katta maoşlar va pala-partiş transfer siyosati "Barsa"ni tom manoda qulatdi.
Pandemiya boşlangaç, stadionlar yopildi. Tabiiyki, unga tobe bölgan klub muzeyi, dökonlar va boşqa kiçik daromad keltiruvçi manbalar faoliyati ham töxtadi. Homiylardan keladigan mablağ ham bir munça pasaydi. Lekin klub har qanday holatda ham qöl ostidagi öyinçilarining maoşini töliq berişi şart edi. Öşa paytda klub banklardan qisqa muddatli va öta katta foiz evaziga qarzlar ola boşladi. Birgina klubdagi futbolçilarning maoşi 600 milliondan ortib ketdi. Buning ustiga sotib olingan futbolçilarning transfer summasi ham tölaligiça berilmagani uçun "Barsa" boşqa klublardan ham qarzdor edi. Rahbariyat içki xarajatlarni qoplaş uçun olgan millionlab dollarlik qarzlar asta-sekin klubning böynidagi sirtmoqni mahkamlab bordi.2021 yili Joan Laporta prezidentlikka kelganida "Barselona"ning futbolçilardan (keçiktirilgan maoşlar), transferlar va banklardan olgan qarzlari 1,35 milliard dollarga yetgandi.
Jamoaning qarzi köpaygani bois limiti keskin kiçraytirildi va katta maoşli futbolçilarni röyxatdan ötkazişda klub jiddiy muammolarga duç kela boşladi. Laporta va uning jamoasi asta-sekin katta maoşli futbolçilar bilan xayrlaşişga majbur böldi, çunki klubning içki xarajati uning kirimidan köpayib ketgandi.
Şunday qilib, Messi va boşqa faxriy öyinçilar klubdan ketdi. Garçi ular öz öyinlari bilan olgan pullarini oqlagan bölsa-da, inqirozdagi klub uçun ularning maoşi juda oğirlik qilardi. Pike va bazi öyinçilar esa maoşlarining malum qismidan keçdilar. Klub "La Masiya"ga tayandi va kam xarajatli kiçik transferlarni amalga oşira boşladi. Maoşlar tartibga keltirildi, muxlislar stadionga qaytdi, homiylar faollaşdi. Biroq bu ham klubning ulkan qarzini tezda yopişga yetmas edi.
Laportaning inqirozdan çiqiş uçun qilgan ikkinçi yurişi — "Kamp Nou"ni qayta tamirlaş (Espai Barça loyihasi) böldi. Inqiroz holatida bölsa ham "Barsa" bu işga qöl urdi, çunki klub stadioni zamonaviy talablarga javob bermaydigan holatga kelib qolgan va rahbariyat xavfsizlik çoralari tufayli jarima tölaşga yaqin edi. Bundan taşqari, yangi stadionda VIP örindiqlar köpayişi, u uçraşuvlardan taşqari kontsertlar va boşqa tadbirlar uçun ham ijaraga berilişi kelajakda klubga ulkan foyda keltiradi.
Uçinçi yuriş esa sotiş mumkin bölgan barça narsadan foydalaniş va iqtisodiy riçaglarni işga soliş böldi. Stadion nomining özgartirilişi, "Nike” bilan imzolangan yangi tarixiy bitim, stadion çimi va örindiqlarini esdalik sifatida sotiş kabi omillar klubga yordam berdi.
Eng asosiysi, ötgan mavsum yakunida Robert Levandovski kabi katta maoşli yulduz bilan xayrlaşiş hamda klub aktivlarining malum uluşlarini sotiş orqali qarzlar yopildi. Federatsiya avval 671 million bölgan limitni inqiroz paytida 382 milliongaça tuşirib yuborgandi, yani agar öyinçilarning umumiy maoşi bu limitga siğmasa, La Liga yangi futbolçilarni röyxatdan ötkazişga ruxsat bermasdi. Va nihoyat, "Barselona" qarzlarining katta qismidan qutulib, balansni tikladi va "1:1" qoidasiga qaytdi. Bu esa klubga boşqa grandlar singari erkin transferlarni amalga oşiriş va yangi yulduzlarni çeklovlarsiz röyxatdan ötkaziş huquqini taqdim etdi. Entoni Gordon orqali muxlislarini xursand etgan “Barselona” şu kunlarda yana bir neça katta transferlarni közlab turgani, albatta Laporta va şeriklarining yillar davomidagi iqtisodiy yurişlari mevasidir…Avazbek Mirsaitov tayyorladi