Dunyoning eng qimmat futbolçisi kimligi aytildi
5-06-2026, 22:09
387 марта

Dunyoning eng qimmat futbolçisi kimligi aytildi
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) dunyoning eng qimmat futbolçilari reytingini elon qildi. Yangilangan reytingga köra, “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi futbolçisi Lamin Yamal jahonning eng qimmat futbolçisi deb topildi.CIES talqiniga köra, 18 yoşli qanot hujumçisining transfer qiymati 358 million yevro deb baholangan.
Reytingda ikkinçi örinni “Mançester Siti” hujumçisi Erling Holand egalladi. Uning transfer qiymati 227 million yevroni taşkil etadi. Uçinçi poğonadan esa “Real Madrid” hujumçisi Kilian Mbappe joy olgan bölib, uning qiymati 166 million yevroga baholanmoqda.
Malum qilinişiça, reytingda Yamal va Holanddan taşqari heç bir futbolçining transfer qiymati 200 million yevrodan oşmagan.
Mutaxassislar futbolçilarning bozor qiymatidagi eng katta özgarişlarni ham qayd etgan. “Leyptsig” klubining kot-d’ivuarlik yarim himoyaçisi Yan Diomandening qiymati yanvar oyidan buyon 75 million yevroga oşib, 119 million yevroga yetgan va bu eng katta ösiş sifatida qayd etilgan.
Aksinça, Aleksandr Isakning qiymati 54 million yevroga kamaygan bölib, uşbu davrdagi eng katta pasayiş sifatida baholangan.