XORAZMLIK EŞKAK EŞUVÇI OSIYo ÇEMPIONATIDA KUMUŞ VA BRONZA MEDALLARINI QÖLGA KIRITDI!
8-06-2026, 09:01
67 марта
XORAZMLIK EŞKAK EŞUVÇI OSIYo ÇEMPIONATIDA KUMUŞ VA BRONZA MEDALLARINI QÖLGA KIRITDI!Qozoğiston Respublikasida baydarka va kanoeda eşkak eşiş böyiça ötkazilayotgan nufuzli Osiyo çempionati mamlakatimiz sportçilari uçun muvaffaqiyatli boşlandi. Quvonarlisi, uşbu qita birinçiligida Xorazm viloyati mahoratli sportçilari ham yurtimiz şarafini munosib himoya qilmoqdalar.
Musobaqaning U-23 (23 yoşgaça bölgan sportçilar) toifasida iştirok etgan istedodli vakilimiz — Suv sport turlariga ixtisoslaştirilgan sport maktabi (Suv STISM) tarbiyalanuvçisi Xonzoda Erkinova bir yöla ikkita medal sohibasiga aylandi.
Uşbu mahoratli sportçimiz özining yuqori tayyorgarligi va ğalabaga bölgan irodasini namoyiş etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:🥉 C-2 dasturida 500 metr masofaga ötkazilgan poygalarda marraga uçinçi bölib yetib keldi va bronza medalini qölga kiritdi;
🥈 C-2 dasturida 200 metrlik tezkor masofada esa yanada yuqori natija körsatib, faxrli ikkinçi örinni egalladi va kumuş medal sohibasiga aylandi.


Malumot uçun: S-2 (kanoe-dvoyka) — ikki kişilik kanoe qayiğida eşkak eşiş böyiça Olimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan rasmiy yönalişlardan biridirXorazm va özbek sporti rivojiga özining munosib hissasini qöşib kelayotgan mana şunday umidli sportçimiz va uning murabbiylarini uşbu ulkan yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!
Xonzoda Erkinovaga xalqaro maydonlardagi iştirokini davom ettirib, kelgusida bölib ötadigan Jahon çempionatlari va Olimpiya öyinlarida ham bundan-da yuqori — oltin çöqqilarni zabt etişini tilab qolamiz! Zafarlar yor bölsin!