Papa “Real”ning faxriy azosiga aylandi
Rim Papasi Lev XIV “Real Madrid” futbol klubining faxriy azosi etib tayinlandi. Bu haqda Madrid klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Klub bayonotiga köra, Florentino Peres raisligida ötgan “Real Madrid” direktorlar kengaşi yiğilişida Papa Lev XIVga klubning eng yuqori mukofotlaridan biri – faxriy azolik unvonini beriş töğrisida qaror qabul qilingan.
Şuningdek, joriy yilning 8 iyun kuni Papa Lev XIV Madrid yeparxiyasi bilan uçraşuv doirasida “Santyago Bernabeu” stadioniga taşrif buyurgan. Florentino Peres unga ismi va 1 raqami tuşirilgan maxsus “Real Madrid” futbolkasini hamda stadion maketini sovğa qilgan. Öz navbatida, Papa Lev XIV klub prezidentiga esdalik medalini topşirgan.
Klub bayonotida aytilişiça, “Real Madrid” bu qaror orqali milliardlab insonlarni ifodalovçi va dunyo böylab tinçlik, birdamlik hamda adolatni tarğib qiluvçi şaxsga bölgan hurmat va etirofini namoyon etgan.
Avvalroq, Lev XIV “Real Madrid” va “Barselona” örtasidagi raqobatda madridliklar jamoasini afzal körişini malum qilgan.