USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xivada VI xalqaro «Strongmen» bahodirlar öyinlarining ikkinçi kuni qizğin davom etmoqda

39 марта
Xivada VI xalqaro «Strongmen» bahodirlar öyinlarining ikkinçi kuni qizğin davom etmoqda

Qadimiy va hamişanav Xiva şahrida sport ixlosmandlari intizorlik bilan kutgan VI xalqaro «Strongmen» bahodirlar öyinlarining ikkinçi kungi bahslari ham yuqori kayfiyat va şiddat bilan davom etmoqda.

Bugungi bellaşuvlar şaharning eng gözal va zamonaviy maskanlaridan biri — «Arda Khiva» turistik majmuasida taşkil etildi. Tarixiy obidalar fonida ötayotgan uşbu nufuzli musobaqada dunyoning turli burçaklaridan kelgan polvonlar özlarining kuç-qudrati, irodasi va çidamliligini namoyiş etmoqdalar.

Sportçilar bugungi dasturdan örin olgan eng oğir va murakkab şartlar — «Xiva tegirmoni» hamda «DEADLIFT» (ştangani yerdan kötariş) yönalişlari böyiça kuç sinaşdilar. Har bir iştirokçi ğalaba qozoniş va öz mamlakati şarafini munosib himoya qiliş uçun bor imkoniyatini işga soldi. Polvonlarning bahslardagi şijoati va matonati taşrif buyurgan mahalliy hamda xorijlik sayyohlarga, keng jamoatçilikka unutilmas va hayajonli lahzalarni taqdim etdi.

Xalqaro turnirni mahalliy va xorijiy OAVda keng yoritiş maqsadida köplab jurnalistlar, taniqli blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillari faol işlamoqda. Ular nafaqat musobaqaning eng qizğin jarayonlari va bahodirlarning çiqişlarini, balki Xiva şahrining boy turizm salohiyati va mehmondöstligini ham ijtimoiy tarmoqlar hamda xalqaro media platformalar orqali butun dunyoga keng tarğib qilmoqdalar.

Bahslar davom etadi, oldinda muxlislarni yanada qiziqarli bellaşuvlar va ğoliblarni taqdirlaş marosimi kutmoqda.



Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: