USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

JÇ-2026: uçinçi kunda muxlislarni törtta muhim bahs kutmoqda

191 марта
ЖЧ-2026: учинчи кунда мухлисларни тўртта муҳим баҳс кутмоқда
2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionatining uçinçi kuni muxlislarga yana bir qator qiziqarli bahslarni taqdim etadi. Özbekistonlik futbol ixlosmandlari uçun uçraşuvlar 13 iyun tungi va 14 iyun ertalabki soatlarga töğri keladi.

Kun dasturidan örin olgan bahslarda Qatar-Şveytsariya, Braziliya-Marokaş, Gaiti-Şotlandiya hamda Avstraliya-Turkiya terma jamoalari özaro kuç sinaşadi.

Ilk uçraşuv Toşkent vaqti bilan bugun soat 00:00 da boşlanadi. “B” guruhida Qatar va Şveytsariya özaro bahs olib boradi. OAV va mutaxassislar fikriça, şveytsariyaliklar mazkur qarama-qarşilikda yaqqol favorit hisoblanadi. Jamoa saralaş bosqiçida mustahkam himoyasi bilan ajralib turib, oltita öyinda atigi ikki gol ötkazib yuborgan.

Kunning markaziy bahsi esa “S” guruhidagi Braziliya va Marokaş terma jamoalari örtasida keçadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan 13 iyundan 14 iyunga ötar keçasi soat 03:00 da start oladi. Braziliya tarkib jihatdan favqulodda yulduzli bölmasada, nom jihatidan baribir mundialning asosiy favoritlaridan biri sifatida körilmoqda. Biroq Marokaş ham oson raqib emasligi turgan gap. Afrika vakillari 2022 yilgi jahon çempionatida yarim finalgaça yetib borib, futbol jamoatçiligini hayratda qoldirgan edi. Tahlilçilarga köra, bu bahs taktik kuraşlarga boy va kam golli ötişi taxmin qilmoqda.

Ertaga esa tong sahardan soat 06:00 da Gaiti va Şotlandiya terma jamoalari maydonga tuşadi. Mutaxassislar fikriça, mazkur öyin har ikki jamoa uçun guruhdan çiqiş imkoniyati nuqtai nazaridan hal qiluvçi ahamiyatga ega bölişi mumkin. Çunki ular bilan bir guruhda Braziliya va Marokaş ham bor. Şotlandiya 28 yillik tanaffusdan keyin mundialga qaytgan bölsa, Gaiti 1974 yildan beri ilk bor jahon çempionatida iştirok etmoqda.

Şimoliy Amerika vaqti bilan qaraganda 13 iyun kunining sönggi bahsi “D” guruhida Avstraliya va Turkiya terma jamoalari örtasida bölib ötadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan 14 iyun soat 09:00 da boşlanadi. Tahlilçilar har ikki jamoa imkoniyatlarini deyarli teng baholamoqda. Şu bois Vankuverdagi bahs yuqori surat va keskin kuraşlar ostida ötişi kutilmoqda.

Umuman olganda, Jahon çempionatining uçinçi kunida ham muxlislarni intrigaga boy va turli uslubdagi törtta qiziqarli uçraşuv kutib turibdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: