Tramp JÇ taqdirlaşida iştirok etadi – OAV
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) AQŞ Prezidenti Donald Trampga Jahon çempionati kubogini ğoliblarga topşiriş imkonini bermoqçi. Bu haqda “talkSPORT” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, FIFA Trampga 2026 yilgi Jahon çempionati ğoliblariga kubokni şaxsan topşiriş imkonini berişi mumkin.
Amaldagi protokolga köra, Jahon çempionati kubogi avval şohsupaga qöyiladi. Keyin esa, çempion jamoa futbolçilaridan biri uni kötarib, butun jamoa bilan birgalikda ğalabani nişonlaydi.
Xabar qilinişiça, FIFA Trampning taqdirlaş marosimidan keyin maydonni tark etişi yoki futbolçilar bilan birgalikda ğalabani nişonlaşi borasidagi qarorni uning öziga havola qilgan.
Marosimda 2026 yilgi Jahon çempionati mezbonlari bölgan AQŞ, Kanada va Meksika rasmiylari ham iştirok etişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2025 yilda AQŞda yangi formatdagi ilk Klublar örtasidagi jahon çempionati ötkazilgan edi. Öşa turnirda Angliyaning “Çelsi” klubi ğolib çiqqan va finaldan söng Donald Tramp kubokni jamoaga topşirgan. Şuningdek, u futbolçilar bilan birga sahnada qolib, ğalabani nişonlaş marosimida ham iştirok etgan.
Malumot uçun, AQŞ, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi Jahon çempionatining final bahsi 19 iyul kuni Nyu-York şahrida bölib ötadi.