USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rasman! Maşaripov JÇda iştirok etmaydi

430 марта
Расман! Машарипов ЖЧда иштирок этмайди

Özbekiston milliy terma jamoasi futbolçisi Jaloliddin Maşaripov jarohati sababli Jahon çempionatida iştirok etmaydi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Malum qilinişiça, Maşaripov uzoq muddat öyin amaliyotisiz qolgan va maşğulotlarda töliq iştirok etolmagan. Futbolçini tezroq safga qaytariş va tiklaş maqsadida tibbiy ştab tomonidan zarur çoralar körildi va individual tayyorgarlik dasturi asosida iş olib borilgan.

Ötkazilgan tibbiy tekşiruvlar tahlili FIFA tibbiy qömitasiga taqdim etilgan. Qömita holat yuzasidan örganiş olib borib, futbolçining Jahon çempionatida iştirok etolmasligini malum qilgan. Uning örniga yakuniy röyxatga Ruslanbek Jiyanov kiritildi.

“Jaloliddin Maşaripovga tezroq soğayib, safga qaytişini tilab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Malumot uçun, Özbekiston terma jamoasi joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarşi Jahon çempionatidagi dastlabki uçraşuvini ötkazadi. Uşbu bahs Toşkent vaqti bilan tongi soat 07:00 da Meksikadagi “Atsteka” stadionida bölib ötadi. Şundan söng, terma jamoa 23 iyun kuni Portugaliya bilan, 27 iyun kuni esa Kongo Demokratik Respublikasi bilan bahs olib boradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Maşaripov AQŞdagi yiğin davomida bel qismidagi oğriqlar bilan boğliq muammo sabab sönggi maşğulotlarda, şuningdek, Kanada va Niderlandiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvlarida iştirok etolmagani haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: