Norvegiya Osiyo jamoasini yirik hisobda mağlub etdi
Bugun, 17 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionatining “I” guruhidan örin olgan Iroq va Norvegiya terma jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi. Bahsda Norvegiya 4:1 hisobida ğalaba qozondi.
Jamoalar AQŞning Foksboro şahridagi “Jillett” stadionida maydonga tuşişdi. Norvegiya terma jamoasi safida Erling Holand 29 va 43-daqiqalarda, Leo Estigor 76-daqiqada hamda Kristian Torstvedt 90+7-daqiqada gol urdi. Iroq terma jamoasining yagona goliga esa Ayman Husayn 39-daqiqada mualliflik qildi.
Iroq terma jamoasi 1986 yildan beri ilk bor Jahon çempionatida iştirok etmoqda. Norvegiya esa mundialga 1998 yildan buyon birinçi marta yöllanma oldi.
Norvegiya va Iroq terma jamoalari “I” guruhidan örin olgan bölib, ayni paytda Norvegiya uşbu guruh yetakçisi bölib turibdi. Undan keyingi örinni esa Frantsiya terma jamoasi egallab turibdi.
Endilikda Norvegiya ikkinçi turda Senegalga qarşi maydonga tuşsa, Iroq Frantsiya bilan kuç sinaşadi. Har ikki uçraşuv 23 iyunga ötar keçasi bölib ötadi.