Argentina Messining xet-trik evaziga yirik hisobda ğalaba qozondi
Bugun, 17 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçi 1-turidan örin olgan Argentina va Jazoir terma jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi. Bahs Argentina terma jamoasining 3:0 hisobidagi işonçli ğalabasi bilan tugadi.
Argentina terma jamoasi sardori va yulduz hujumçisi Lionel Messi xet-trik qayd etdi. 38 yoşli futbolçi 17-daqiqada Rodrigo de Paulning uzatmasidan keyin hisobni oçgan bölsa, 60 va 76-daqiqalarda ham raqib darvozasini işğol qildi. Uçinçi golga Nikolas Gonsales assistentlik qildi.
Messi uçraşuvda törtta gol urişi ham mumkin edi. Biroq Leoning 5-daqiqada kiritgan goli ofsayd sababli bekor qilindi. Şu tariqa Argentina terma jamoasi 1-turdan söng “J” guruhi yetakçisiga aylandi.
Endilikda Argentina terma jamoasi navbatdagi uçraşuvini joriy yilning 22 iyun kuni Avstriyaga qarşi ötkazadi. Jazoir terma jamoasi esa 23 iyun kuni Iordaniyaga qarşi maydonga tuşadi.