Mbappe Frantsiya tarixidagi eng yaxşi töpurarga aylandi
Keça, 16 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçining birinçi turida Frantsiya terma jamoasi Senegalni 3:1 hisobida mağlub etdi. Uçraşuv qahramoniga aylangan Kilian Mbappe dubl qayd etib, Frantsiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurarga aylandi.
2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçining birinçi turida Senegalga qarşi uçraşuvda Mbappe 2 ta gol urdi. Şu tariqa u Frantsiya terma jamoasi safidagi gollari sonini 58 taga yetkazdi.
27 yoşli hujumçi bu natijaga 99 ta öyinda erişdi va şu paytgaça rekord sohibi bölib kelgan Olive Jiruni ortda qoldirdi. Jiru Frantsiya terma jamoasi safida 137 ta uçraşuvda 57 ta gol urgan edi.
Mbappe Jahon çempionatlaridagi gollari sonini ham 14 taga yetkazdi. Bu natija unga Germaniya terma jamoasining afsonaviy hujumçisi Gerd Myuller bilan tenglaşiş imkonini berdi.
Frantsiyalik futbolçi mundiallar tarixidagi eng yaxşi töpurarlar röyxatida Pele (12) va Jyust Fonten (13)ni ortda qoldirdi.
Mazkur reytingda Germaniya terma jamoasining sobiq hujumçisi Miroslav Kloze 16 ta gol bilan peşqadam bölib turibdi. Ikkinçi örinni esa, Braziliya afsonasi Ronaldo 15 ta gol bilan egallab turibdi.
Malumot uçun, Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi safida 2018 yilgi Jahon çempionati ğolibi bölgan, 2022 yilgi mundialda esa, kumuş medalni qölga kiritgan.