Rasman! Silva “Real Madrid” safiga qöşildi
Portugaliyalik yarim himoyaçi Bernardu Silva faoliyatini “Real Madrid” klubida davom ettiradi. Bu haqda Madrid klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Klub xabariga köra, tomonlar örtasidagi şartnoma 2028 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. Ötgan mavsumda Bernardu Silva Angliyaning “Mançester Siti” jamoasi safida barça musobaqalarda 53 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 3 ta gol urdi.
31 yoşli futbolçi avvalroq “Mançester Siti”ni erkin agent sifatida tark etgan edi. U 2017 yil yozidan buyon mançesterliklar safida töp surib, 451 ta öyinda iştirok etdi va 76 ta golga mualliflik qildi.
Silva “Mançester Siti” safida olti marta Angliya çempionati, bir marta Çempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib çiqqan. Şuningdek, u uç marta Angliya kubogi hamda beş marta Angliya Liga kubogini qölga kiritgan.
Malumot uçun, Bernardu Silva Portugaliya terma jamoasi safida Jahon çempionatida iştirok etadi. Ular bugun, 17 iyun kuni Kongo DR terma jamoasiga qarşi bahs bilan musobaqadagi iştirokini boşlaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Real Madrid” klubi Mark Kukurelyani öz safiga qöşib olgandi.