USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

JÇda stadionni tozalagan yaponiyaliklar öz vatanida tanqidga uçradi

344 марта
ЖЧда стадионни тозалаган японияликлар ўз ватанида танқидга учради

Yillar davomida Jahon çempionatlari vaqtida öyindan keyin stadion tribunalarini tozalab ketişi bilan butun dunyoda etirof etiladigan yaponiyalik futbol muxlislarining bu odati öz vatanida bahs-munozaralarga sabab böldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Bu safargi Jahon çempionati öyinlarining biridan keyin ham yaponiyalik muxlislarning çiqindi xaltalari bilan tribunalarni tozalayotgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Biroq ayrimlar bu holatni ikki xil standart sifatida baholagan.

Tez orada internetda virusga aylangan rasmda stadionda çiqindi terib yurgan va uyidagi divanda telefon uşlab ötirgan, yonida esa kir savati turgan holda rafiqasi idiş-tovoq yuvayotgan erkak tasvirlangan.

“Yaponiya erkaklari uy işlarida ham köproq qatnaşişi kerak. Çunki ularning rözğor işlariga sarflaydigan vaqti dunyodagi eng past körsatkiçlardan biri hisoblanadi”, deyilgan rasmdagi yozuvda.

Mazkur post X ijtimoiy tarmoğida 60 mingdan ortiq layk töplagan.

“Hamma dunyoni qutqarmoqçi, lekin heç kim onasiga idiş yuvişda yordam berişni istamaydi”, deb yozgan foydalanuvçilardan biri, amerikalik yozuvçi Pi Jey ÖRurkning maşhur iborasiga işora qilib.

Boşqa bir foydalanuvçi esa çiqindi yiğib yurganlar orasida, ehtimol, yoş farzandini uyda ayoliga taşlab, özi Jahon çempionatiga borgan odam ham borligini taxmin qilgan.

Tozalik va jamoat joylarini orqasidan yiğiştirib ketiş madaniyati Yaponiya jamiyatida çuqur ildiz otgan. Biroq uy işlarini taqsimlaş borasida vaziyat boşqaça. 2021 yilgi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti malumotlariga köra, yapon ayollari kuniga uç soatdan ortiq vaqtni haq tölanmaydigan uy işlariga sarflaydi. Bu erkaklar körsatkiçidan beş baravar köpdir. Yaponiyalik erkaklar esa bunday işlarga kuniga örtaça 47 daqiqa ajratadi.

Farzandli oilalarda bu tafovut yanada kattaroq. Hukumatning 2021 yilgi söroviga köra, olti yoşgaça farzandi bölgan va ikkala ota-ona ham işlaydigan oilalarda ayollar kuniga yetti soatdan ortiq vaqtni uy işlariga sarflasa, erkaklar ikki soatdan kam vaqt ajratadi.

Bazi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari yana bir masalaga etibor qaratgan. Unga köra, yaponlar xorijda çiqindi yiğişi maqtovga sazovor bölsa-da, Yaponiyaning özida yirik tadbirlardan keyin köplab jamoat joylari çiqindilar bilan tölib qoladi.

Şunga qaramay, köpçilik yapon muxlislarining maşhur tozalaş ananasini qöllab-quvvatlagan.

“Buning nimasi uyat? Baribir “yaponlar xorijda çiqindi taşlab ketmoqda” degan xabarlardan köra yaxşi-ku”, deb izoh yozgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan biri.

Kuzatuvçilarning bildirişiça, yapon muxlislarining uşbu odati boşqa mamlakatlardan bölgan muxlislarga ham ijobiy tasir körsatib, ularni ham stadionlarni tozalaşga undamoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: