“Real” Olise böyiça muzokaralar olib bormaganini aytdi
“Real Madrid” jamoasi “Bavariya” futbolçisi Maykl Olise transferi böyiça muzokaralar olib borilayotgani haqidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq, Ispaniya OAVlari “Real Madrid”ning frantsiyalik vingerga qiziqiş bildirayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Jumladan, “Marca” naşri “qirollik klubi” futbolçi uçun 220 million yevrogaça mablağ tölaşga tayyorlanayotganini yozgandi.
“Turli ommaviy axborot vositalarida klubimizning “Bavariya” futbolçisi Maykl Olisega qiziqişi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib, “Real Madrid” şuni malum qiladiki, klub hozirga qadar mazkur futbolçi, uning vakillari yoki unga yaqin şaxslar bilan heç qanday töğridan-töğri yoki bilvosita aloqa örnatmagan”, deyiladi madridliklar bayonotida.
Şuningdek, klub “Bavariya” bilan köp yillik özaro hurmat, hamkorlik va işonçga asoslangan munosabatlarga ega ekanini takidlab, haqiqatga töğri kelmaydigan miş-mişlar tarqatilayotganidan afsus bildirgan.
“Real Madrid”ning qayd etişiça, har qanday ehtimoliy transferga qiziqiş avvalo klublar örtasida muhokama qilinişi lozim.
Malumot uçun, 24 yoşli Maykl Olise 2024 yilning iyul oyida Angliyaning “Kristal Pelas” klubidan “Bavariya” safiga qöşilgan. Ötgan mavsumda u myunxenliklar tarkibida 52 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 22 ta gol muallifi bölgan.