Stadionda yiğlab maşhur bölgan bolakay terma jamoa maşğulotiga bordi
Özbekiston milliy terma jamoasining Kolumbiyaga qarşi uçraşuvi vaqtida tribunadagi köz yoşlari bilan maşhurlikka erişgan yoş muxlis Isfandiyor terma jamoa maşğulotida mehmon böldi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Özbekiston milliy terma jamoasining Jahon çempionati doirasida ilk uçraşuvidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan Isfandiyor terma jamoa maşğulotlariga bordi va futbolçilari bilan körişdi.
Maşğulot jarayonida u futbolçilar bilan suhbatlaşdi, esdalik suratlariga tuşdi va jamoa azolaridan dastxatlar oldi.
Malumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi birinçi turda Kolumbiyaga qarşi maydonga tuşdi va 3:1 hisobidagi mağlubiyatni qabul qilib oldi. Özbekiston terma jamoasining Jahon çempionatidagi ilk golini esa Abbosbek Fayzullayev kiritgandi.
Eslatib ötamiz, endi Özbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 23 iyun kuni Jahon çempionati guruh bosqiçi 2- turi doirasida Portugaliyaga qarşi maydonga tuşadi. Uşbu bahsni marokaşlik hakam Jalol Jayedni boşqarib boradi.