USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Jahon blits çempionatida bronza medalni qölga kiritdi

80 марта
Ўзбекистон Жаҳон блиц чемпионатида бронза медални қўлга киритди

Keça, 21 iyun kuni Gonkongda bölib ötgan 2026 yilgi jamoaviy tezkor va blits şaxmat böyiça jahon çempionati öz yakuniga yetdi. Musobaqaning blits yönalişida Özbekiston terma jamoasi sovrindorlar safidan joy oldi.

Pley-off bahslarini muvaffaqiyatli boşlagan terma jamoa çorak finalda musobaqaning asosiy favoritlaridan biri sanalgan xalqaro professional şaxmat jamoasi (WR Çess) jamoasini mağlub etdi. Uşbu jamoa tarkibida sobiq jahon çempioni Magnus Karlsen hamda sobiq jahon çempionkasi Aleksandra Kostenyuk kabi taniqli şaxmatçilar harakat qilgan.

Yarim finalda özbekistonlik şaxmatçilar Xitoyning “Dragon Çilling” jamoasiga imkoniyatni boy berişdi. Biroq uçinçi örin uçun keçgan bahsda “Xeksamaynd” jamoasi ustidan ğalaba qozonib, musobaqaning bronza medallarini qölga kiritgan.

Özbekiston jamoasi safida Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Şamsiddin Vohidov, Muhiddin Madaminov, Afruza Hamdamova, Umida Omonova va Oqjol Rahmatullayev iştirok etdi.

Mazkur natija orqali terma jamoa 30 ming yevro miqdoridagi mukofot puliga ham ega böldi. Jahon blits çempionatida oltin medallarni “Dragon Çilling” jamoasi qölga kiritdi. Jamoa tarkibida sobiq jahon çempioni Din Lijen va amaldagi jahon çempioni Ju Ventszyun iştirok etgan. Kumuş medallar esa xalqaro “Endgeym” jamoasi hisobiga yozildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: