“Fenerbahçe” Şomurodovga qiziqiş bildirmoqda – OAV
Özbekiston milliy terma jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov faoliyatini Turkiyaning yetakçi klublaridan biri – “Fenerbahçe”da davom ettirişi mumkin. Bu haqda “Ajansspor” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, “Fenerbahçe” 30 yoşli hujumçiga jiddiy qiziqiş bildirmoqda va uni transfer qiliş borasida dastlabki qadamlarni taşlagan.
Ayni paytda Eldor Şomurodovning amaldagi klubi “Istanbul Başakşehir” futbolçining transfer bahosini 15 million yevrogaça oşirişni rejalaştirmoqda.
“Istanbul Başakşehir” ötgan yozda Şomurodovni ijara asosida öz safiga qöşib olgan va joriy yilning fevral oyida özbekistonlik hujumçining şartnomasini Italiyaning “Roma” klubidan 5,8 million yevroga sotib olgan edi.
2025-2026 yilgi mavsumda Eldor Şomurodov Turkiya Superligasining eng yaxşi töpurariga aylandi. U çempionat doirasidagi 34 ta uçraşuvda 22 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oşirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining bir neçta klublari ham Eldor Şomurodovga qiziqiş bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.