Meksikada avtomobil muxlislar ustiga bostirib bordi
Meksikaning Kaba-San-Lukas şahrida milliy terma jamoaning Jahon çempionatidagi ğalabasini nişonlaş çoğida avtomobil muxlislar ustiga bostirib bordi. Oqibatda 17 kişi jarohat oldi. Bu haqda şahar mamuriyati xabar qildi.
Manbaga köra, jarohatlanganlardan biri reanimatsiya bölimiga yotqizilgan. Avtomobil haydovçisi ham tibbiy yordam körsatilganlar orasida bölgan va keyinçalik qölga olingan. Hodisa sabablari örganilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda avtomobil muxlislar qurşovida harakatlanişga uringani, söng tösatdan tezlikni oşirib, bir neça kişini urib yuborgani aks etgan. Haydovçi maşinadan tuşirilib, kaltaklangani ham aytilmoqda.
Meksika terma jamoasi bugun, 25 iyun kuni Çexiyani 3:0 hisobida mağlub etib, guruh bosqiçini uçta ğalaba bilan birinçi örinda yakunlagan edi.
Meksika futbol federatsiyasi jabrlanganlarning tezroq soğayib ketişini tilagan.
Malumot uçun, Meksika Jahon çempionati “A” guruhida 100 foizlik natija bilan 1-örinda pley-off bosqiçiga yöl oldi. Endilikda ular 1/32 bosqiçida “S”, “E”, “F”, “H”, “I” guruhlaridagi ehtimoliy 3-örin egalari bilan töqnaş keladi.