USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

FIFA Osiyo jamoasini xalqaro musobaqalardan çetlatdi

621 марта
FIFA Осиё жамоасини халқаро мусобақалардан четлатди

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Nepal futbol assotsiatsiyasi (ANFA)ni xalqaro musobaqalarda iştirok etiş huquqidan mahrum qildi. Şu tariqa Nepal milliy terma jamoasi hamda mamlakat klublariga xalqaro turnirlarda qatnaşiş taqiqlandi. Bu haqda “The Himalayan Times” naşri xabar berdi. 

Qaror FIFA boş kotibi Mattias Grafstryomning ANFA prezidenti Kiran Rayga yöllagan rasmiy maktubida bayon etilgan. Unda Nepal Milliy sport kengaşi (NSC) tomonidan assotsiatsiya nizomining qöpol ravişda buzilgani, saylov jarayoni böyiça hal etilmagan nizo hamda uçinçi tomonning saylovlarga aralaşuvi asosiy sabab sifatida körsatilgan.

Çetlatiş tufayli ANFA FIFA azosi sifatidagi barça huquqlaridan mahrum böladi. Şuningdek, assotsiatsiya va uning vakillari FIFA hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC)ning rivojlaniş dasturlari, kurslari va öquv maşğulotlarida iştirok eta olmaydi.

FIFA Nepal futbol assotsiatsiyasini qayta tiklaş uçun ikki şartni belgiladi. Birinçisi – Milliy sport kengaşining 25 mart kuni qabul qilingan qarorini töliq va heç qanday şartsiz bekor qiliş. Öşanda ANFA ijroiya qömitasi sport kengaşi roziligisiz saylov ötkazgani va xalqaro qoidalarni milliy qonunçilikdan ustun qöygani uçun uç oyga faoliyatidan çetlatilgan edi.

Ikkinçi şart esa, ANFAga öz nizomiga muvofiq boşlangan saylov jarayonini töliq yakunlaş imkoniyatini berişdan iborat.

Osiyo futbol konfederatsiyasiga ham yuborilgan maktubda uşbu taqiq “keyingi rasmiy xabarga qadar” amal qilişi takidlangan. FIFA özining barça azo assotsiatsiyalarini ham mazkur qaror haqida xabardor qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: