Portugaliya Kolumbiyani yenga olmadi
Bugun, 28 iyun kuni Kolumbiya va Portugaliya milliy terma jamoalari 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçining uçinçi turida 0:0 hisobida durang öynadi. Natijada har ikkala terma jamoa ham pley-offga çiqdi.
AQŞning Florida ştati, Mayami şahrida bölib ötgan bahsda har ikki jamoa ham bir qator xavfli vaziyatlar yaratgan bölsa-da, darvozalar daxlsiz saqlanib qoldi.
Mazkur natijadan söng Kolumbiya 7 oçko bilan “K” guruhida birinçi örinni egalladi. Portugaliya esa 5 oçko jamğarib, ikkinçi örin orqali pley-off bosqiçiga yöl oldi.
Kongo DR ham sönggi turda Özbekistonni mağlub etib, 4 oçko bilan eng yaxşi uçinçi örin sohiblari qatorida pley-off yöllanmasini qölga kiritdi. Özbekiston esa uçala uçraşuvda ham mağlubiyatga uçradi va guruhda sönggi örinni egalladi.
Pley-off bosqiçida Portugaliya joriy yilning 3 iyul kuni Xorvatiyaga qarşi maydonga tuşadi. Kolumbiya esa 4 iyul kuni Gana bilan kuç sinaşadi. Kongo DRning 1/16 finaldagi raqibi Angliya böladi.