USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Levandovskiyning yangi jamoasining nomi aniq böldi

170 марта
Левандовскийнинг янги жамоасининг номи аниқ бўлди

Polşa terma jamoasi hujumçisi Robert Levandovskiy AQŞning MLS çempionatida iştirok etuvçi “Çikago Fayr” klubi bilan kelişuvga erişdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano malum qildi.

Malum qilinişiça, tomonlar örtasidagi kelişuv kelasi hafta boşida rasman yakunlanişi kutilmoqda. Ikki hafta avval Levandovskiy klub rahbariyati bilan muzokara ötkaziş uçun Çikagodagi boş qarorgohiga taşrif buyurgan edi.

Avvalroq, Levandovskiy 2025-2026 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin “Barselona”ni tark etişini malum qildi. Uning kataloniyaliklar bilan tuzgan şartnomasi joriy yilning 30 iyun kuni yakuniga yetadi.

Levandovskiy 2022 yilning yozida “Barselona” safiga qöşilgan. Şu vaqt mobaynida u jamoa bilan uç marta Ispaniya çempionligini, 3 ta Ispaniya Superkubogini hamda bir marta Ispaniya Kubogini qölga kiritdi.

Malumot uçun, 37 yoşli hujumçi faoliyati davomida 2010-2014 yillarda Dortmundning “Borussiya”si, 2014-2022 yillarda esa Myunxenning “Bavariya”si şarafini himoya qilgan. U “Bavariya” safida sakkiz marta Germaniya çempioni bölib, 3 ta Germaniya Kubogi, şuningdek, UEFA Çempionlar ligasi va UEFA Superkubogini qölga kiritgan.

Robert Levandovski Polşa milliy terma jamoasi safida 165 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 89 ta gol urgan. Bu natija uni mamlakat terma jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurarga aylantirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: