Jahon çempionati guruh bosqiçida 999 nafar futbolçi maydonga tuşdi
2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçida iştirok etgan 48 ta milliy terma jamoa safida jami 999 nafar futbolçi maydonga tuşdi. Bu hafda FIFA xabar berdi.
Uşbu 999 nafar futbolçi turnirning guruh bosqiçida ötkazilgan 72 ta uçraşuvda iştirok etdi. Özbekiston milliy terma jamoasi safida esa 26 nafar futbolçidan Umarbek Eşmurodov, Botirali Ergaşev va Avazbek Ölmasaliyev umuman maydonga tuşmadi.
Guruh bosqiçi yakunlariga köra, quyidagi 32 ta jamoa 1/16 finalga yöl oldi: Germaniya, Paragvay, Frantsiya, Şvetsiya, Janubiy Afrika, Kanada, Niderlandiya, Marokaş, Portugaliya, Xorvatiya, Ispaniya, Avstriya, AQŞ, Bosniya va Gertsegovina, Senegal, Braziliya, Yaponiya, Kot-d’Ivuar, Norvegiya, Meksika, Ekvador, Angliya, Kongo Demokratik Respublikasi, Argentina, Kabo-Verde, Avstraliya, Misr, Şveytsariya, Jazoir, Kolumbiya, Gana va Belgiya.
Pley-off bosqiçiga 32 ta jamoa yöl oldi. 1/16 final uçraşuvlari 28 iyundan 3 iyulga qadar, 1/8 final bahslari 4 iyuldan 7 iyulgaça, çorak final öyinlari 9 iyuldan 11 iyulgaça, yarim final uçraşuvlari esa 14 va 15 iyul kunlari bölib ötişi rejalaştirilgan. Final bahsi joriy yilning 19 iyul kuni bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, mundialning dastlabki 1/16 final bosqiçi uçraşuvida Kanada terma jamoasi Janubiy Afrikani mağlub etib, nimçorak finalga çiqdi.