Husanov JÇda eng köp qidirilgan futbolçilardan biri böldi
Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov 2026 yilgi Jahon çempionati davomida “Transfermarkt” portalida eng köp qidirilgan futbolçilardan biriga aylandi. Bu haqda portal özining Instagram ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasi orqali xabar qildi.
“Transfermarkt” portali musobaqa davomida profiliga qiziqiş keskin oşgan va eng köp akkauntiga taşrif buyurilgan futbolçilardan iborat iborat ramziy jamoani elon qildi.
Uşbu ramziy jamoadan Abduqodir Husanov bilan bir qatorda Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi, Portugaliya yulduzi Kriştianu Ronaldu ham örin oldi. Darvozabon sifatida esa turnir davomida katta maşhurlikka erişgan Kabo-Verde terma jamoasi posboni Vozinya tanlandi.
Malumot uçun, Özbekiston terma jamoasi “K” guruhining sönggi turida Kongo Demokratik Respublikasiga 1:3 hisobida mağlub bölgan edi. Mazkur uçraşuvda Husanov statistik reyting böyiça jamoasidagi eng past bahoni olgan futbolçi sifatida qayd etildi.