USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Futbolçilarni tanqid qilgan Alişer Qodirov ulardan faxrlanişini aytdi

278 марта
Футболчиларни танқид қилган Алишер Қодиров улардан фахрланишини айтди

Avvalroq, Özbekiston milliy terma jamoasining Jahon çempionatidagi natijalarini tanqid qilgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi Alişer Qodirov bugun, 1 iyul kuni futbolçilardan faxrlanişini aytdi. Bu haqda u jamoa azolarini kutib oliş marosimida söz oçdi.

“Bizning bolalarimiz Jahon çempionatiga çiqiş degan tarixni yaratişdi. Buning özi aslida haqiqatan ham katta tarix. Lekin har qanday taraqqiyot birinçi yiqiliş va bu yiqilişdan keyin örindan tura oliş degan maşaqqatni talab qiladi. Tarixning eng oğir sinovi mana şu yigitlarga tuşdi. Bular juda oğir narsani kötarişdi – bizni Jahon çempionatiga olib çiqib berişdi”, deydi Alişer Qodirov. 

Şuningdek, u Özbekiston futbolining oldingi darajasiga ham töxtalgan.

“Bizning futbolimiz Osiyo darajasidan tepani orzu ham qila olmay yurgan bir davrlarni bilamiz, keçagaça şunaqa ahvol edi. Lekin bu yigitlar bizni jahon darajasiga, yani mundial oilasiga olib kirişdi va u yerda, işonçim komil, juda kuçli raqiblar bilan qattiq öyin böldi. Biz natija kutayotganimiz yöq edi. Lekin mana şu matonat, mana şu şijoat, albatta, özini körsatdi va biz buning uçun yigitlarga rahmat aytişimiz kerak”, deydi u. 

Şu bilan birga, Alişer Qodirov futbol rivojini Özbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti bilan qiyoslagan.

“Bundan 10 yil oldin Özbekistonning yalpi içki mahsuloti 50 milliard dollar edi va biz bundan norozi edik. Biz oldimizga maqsad qöydik, 150 milliard dollarlik yalpi içki mahsulotimiz böladi deb. 150 milliard dollarlik yalpi içki mahsulotga olti yilda erişdik. Rozimizmi? Yöq, yana norozimiz. Endi 250 milliard dollarlik yalpi içki mahsulotimiz bölişi kerak. Har bir kişi boşiga yalpi içki mahsulotimizning daromadi 1,7 ming dollar edi. Rozimidik? Norozi böldik, 3,5 ming dollarga kötardik. Rozimizmi? Yana norozimiz. Nimaga? Çunki potentsial 10 ming dollarni talab qilyapti va biz şu yölda intilyapmiz.

Biz yigitlarni Osiyoda yurganiga rozimidik? Norozi edik, Jahon çempionatiga çiqsin deyayotgan edik. Çiqişdi, rozimizmi? Norozimiz. Jahon çempionatidan muvaffaqiyat talab qilamiz”, deydi u. 

Bundan taşqari, Alişer Qodirov muvaffaqiyat atrofida birlaşiş juda osonligini, lekin mağlubiyat paytida birlaşa oliş ham özbek xalqiga xos bölgan xususiyat ekanini qayd etgan va futbolçilarga omad tilagan. 

“Xudo xohlasa, keyingi jahon çempionatlarida bu yigitlar mana şu alamzadalik bilan, xalqimizga xos bölgan öjarlik bilan, albatta, bu muvaffaqiyatlarni ham bizga olib kelişadi. Yigitlar, muvaffaqiyat! Biz sizlar bilan ğururlanamiz. Albatta, muvaffaqiyat atrofida birlaşiş juda oson. U bayroq kötarib xursand böliş juda oson yutgan paytda. Lekin mağlubiyat paytida atrofda birlaşa oliş ham bizning xalqimizga xos bölgan xususiyat. 

Mening işonçim komil, butun xalqimiz, futbol muxlislari bugun mana şu jamoa atrofida birlaşadi. Prezidentimiz boşçiligida keça elon qilingan futbolni tubdan isloh qiliş ğoyalarini albatta amalga oşiramiz va Özbekiston keyingi jahon çempionatida nafaqat guruhdan çiqiş, balki undan keyingi darajalarga ham albatta erişadi. Rahmat, muvaffaqiyat!” deydi u sözining yakunida.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: