Xorazmlik Jaloliddin Maşaripov AQŞ markaziy köçasida töp bilan mahoratini namoyiş qildi
3-07-2026, 13:26
233 марта
Xorazmlik Jaloliddin Maşaripov AQŞ markaziy köçasida töp bilan mahoratini namoyiş qildiXorazmlik va Özbekiston milliy terma jamoasi azosi Jaloliddin Maşaripov AQŞda ham futbol muxlislari etiborini qozonmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Maşaripov şaharning gavjum markaziy köçalaridan birida futbol töpi bilan özining yuqori texnikasini namoyiş qildi. U töpni yerga tuşirmasdan turli fintlar va harakatlarni bajarib, atrofdagilarning olqişiga sazovor böldi.
Videoni tomoşa qilganlar özbek futbolçisining mahoratini yuqori baholab, uning jahon çempionati arafasida yaxşi kayfiyatda ekanini takidlaşmoqda. Ayrim çet ellik muxlislar ham Maşaripov bilan suratga tuşib, uning çiqişini qiziqiş bilan kuzatgan.