JÇ–2026da yangi rekord örnatildi
4-07-2026, 05:32
370 марта

JÇ–2026da yangi rekord örnatildi
JÇ–2026 tarixdagi eng köp avtogol qayd etilgan mundialga aylandi.
1/16 finalda Avstraliyaga qarşi bahsda Misr terma jamoasi himoyaçisi Muhammad Hani öz darvozasini işğol qildi. Bu uning uşbu turnirdagi ikkinçi avtogoli böldi.
Şu tariqa, Hani Jahon çempionatlari tarixida bir musobaqa davomida ikki marta öz darvozasiga gol urgan ikkinçi futbolçiga aylandi. Bungaça bunday noxuş rekord faqat bolgariyalik Ivan Vutsov tomonidan 1966 yilgi mundialda qayd etilgan edi.
Hanining avtogolidan söng JÇ–2026dagi avtogollar soni 13 taga yetdi. Bu esa Jahon çempionatlari tarixidagi yangi rekord hisoblanadi. Avvalgi eng yuqori körsatkiç 2018 yilgi mundialda qayd etilgan bölib, öşanda 12 ta avtogol urilgan edi.
Umuman olganda, Jahon çempionatlari tarixida hozirga qadar 67 ta avtogol qayd etilgan.