Xorazmlik velosportçilar Özbekiston çempionatida sovrindor bölişdi
4-07-2026, 06:09
49 марта
Xorazmlik velosportçilar Özbekiston çempionatida sovrindor bölişdiJoriy yilning 28 iyundan 3 iyulga qadar Toşkent viloyatida velosportning şosse yönalişi böyiça kattalar örtasida Özbekiston çempionati bölib ötdi.
Musobaqada Xorazm viloyati terma jamoasi azolari ham munosib iştirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi.
Xususan, Bekzod Bahodirov kriterium yönalişida barça raqiblarini ortda qoldirib, musobaqaning oltin medalini qölga kiritdi.
Şuningdek, Muradjon Xalmuratov yakkalik vaqt poygasida hamda guruh poygasida bronza medalini qölga kiritib, çempionatni ikki sovrin bilan yakunladi.
Mazkur natijalar Xorazm velosport maktabining salohiyati va sportçilarning yuqori tayyorgarligini yana bir bor namoyon etdi.
Xorazm viloyati Sport boşqarmasi sportçilarni erişgan yutuqlari bilan tabriklab, kelgusi nufuzli musobaqalarda ham ularga ulkan zafarlar tiladi.
Manba: Xorazm viloyati Sport boşqarmasi matbuot xizmati.


