“Barselona” yozgi transferlar uçun 210 mln yevro qarz olmoqçi
“Barselona” yozgi transfer kampaniyasini moliyalaştiriş uçun 210 million yevro miqdorida qarz olişga tayyor. Bu haqda “Marca” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, klub likvidlik inqiroziga duç kelgani sababli kelasi mavsumda kutilayotgan daromadlar hisobidan qarz jalb qilişga qaror qilgan. Rahbariyat uşbu mablağni rejalaştirilgan transferlarni amalga oşiriş uçun hal qiluvçi omil deb hisoblamoqda.
Ajratilgan mablağning faqat bir qismi yangi futbolçilarni sotib olişga yönaltiriladi. Qolgan mablağning bir qismi futbolçilarning iş haqi va kundalik operatsion xarajatlarni qoplaşga sarflansa, asosiy qismi esa tarkibni kuçaytirişga yönaltiriladi.
Hozirda klub uç nafar futbolçi transferi ustida faol iş olib bormoqda. Ular “Atletiko Madrid” hujumçisi Xulian Alvares, “Al-Hilol” himoyaçisi Joau Kanselu hamda “Borussiya Dortmund” vingeri Karim Adeyemi.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Barselona” Entoni Gordonni 80 million yevro evaziga öz safiga qöşib olgan edi.