USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yaponiya futbolçisi yölovçini urib yubordi

69 марта
Япония футболчиси йўловчини уриб юборди

“Brayton” klubining yaponiyalik qanot hujumçisi Kaoru Mitoma Tokioda velosipedda ketayotgan 48 yoşli ayolni urib yubordi. Bu haqda “Japan Times” xabar berdi.

Hodisa joriy yilning 8 iyul kuni ertalab Tokio şahrining Itabaşi tumanida sodir bölgan. Futbolçining agentining malumotiga köra, 29 yoşli Mitoma yölda yetarliça ehtiyotkor bölmagan.

Hodisadan söng futbolçi jabrlangan ayolning ahvolidan xabar olgan va politsiya xodimlarining barça körsatmalariga amal qilgan.

Malum qilinişiça, politsiya dastlabki tekşiruvlar davomida Mitoma qizil çiroqqa harakatlangan bölişi mumkin, degan taxminni örganmoqda.
Jabrlangan ayol turli yengil tan jarohatlari olgan va tibbiy yordamga murojaat qilgan. Şifokorlar uning töliq tiklanişi uçun taxminan ikki hafta kerak bölişini malum qilgan.

Malumot uçun, Mitoma mavsum davomida bir qator jarohatlar, jumladan may oyida olgan şikastlanişi sababli Yaponiya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon çempionati uçun qaydnomasiga kiritilmagan edi. U 2021 yildan buyon milliy terma jamoa safida töp surib kelmoqda va 31 uçraşuvda 9 ta gol urgan.

Eslatib ötamiz, Yaponiya terma jamoasi esa 2026 yilgi Jahon çempionatining 1/16 final bosqiçida Braziliyaga 1:2 hisobida mağlub bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: