Özbekiston MTJ futbolçisi yangi jamoa bilan şartnoma imzoladi
Özbekiston milliy terma jamoasi hujumçisi Şerzod Temirov yangi mavsumda ham Iroq çempionatida töp tepadi. 27 yoşli futbolçi “Zaho” klubi bilan ikki yillik şartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga köra, Iroq klubi özbekistonlik hujumçi bilan 2 yillik şartnoma imzolagan.
Temirov ötgan mavsum Iroqning “Arbil” klubi safida ötkazgandi. U çempionatda 32 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 28 ta gol urgan holda çempionatning eng yaxşi töpurari bölgandi.
Malumot uçun, “Zaho” ötgan mavsum Iroq çempionatini 9-örinda yakunlagan. Klub yangi mavsumda Temirov yordamida hujum çiziğini kuçaytiriş va yuqori örinlar uçun kuraşişni maqsad qilgan.
Şerzod Temirov faoliyati davomida “Maşal”, “Nasaf”, “Paxtakor”, Eronning “Persepolis”, Gonkongning “Kitçi” hamda Iroqning “Arbil” klublari şarafini himoya qilgan. Şuningdek, u Özbekiston milliy terma jamoasi bilan Jahon çempionati uçun 30 talik tarkibga ham kiritildi, biroq Temirov yakuniy 26 talikdan joy ololmagani sabab 3 ta uçraşuvda ham maydonga tuşmadi.