USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Gvardiola Italiya terma jamoasini boşqarişi mumkin

105 марта
Гвардиола Италия терма жамоасини бошқариши мумкин

Ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiola “Mançester Siti”ni tark etganidan söng Italiya milliy terma jamoasini boşqariş taklifini oldi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, Gvardiola Italiya milliy terma jamoasi boş murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri hisoblanmoqda.

Qayd etilişiça, Italiya futbol federatsiyasining yangi texnik direktori Paolo Maldini va uning maslahatçisi Leonardo Araujo ispaniyalik mutaxassisni mamlakat terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlaşdan manfaatdor.

Biroq Gvardiola uşbu lavozim uçun yagona nomzod emas. Roberto Mançini va Antonio Konte ham Italiya terma jamoasi şort-listidan örin olgan. Şu bilan birga, naşrning yozişiça, har ikki mutaxassis ham Maldini terma jamoada amalga oşirişni rejalaştirayotgan keng kölamli islohotlarga töliq mos kelmaydi.

Eslatib ötamiz, Jennaro Gattuzo 2026 yilgi Jahon çempionati saralaş bosqiçidagi muvaffaqiyatsizlikdan söng Italiya terma jamoasi boş murabbiyligi lavozimini tark etgan edi. Italiya hal qiluvçi pley-off bahsida Bosniya va Gertsegovinaga penaltilar seriyasida mağlub bölib, mundialga çiqiş imkoniyatini boy bergan. Şu tariqa, Italiya milliy terma jamoasi ketma-ket uçinçi bor Jahon çempionatining final bosqiçidan çetda qoldi va mamlakat 12 yildan buyon futbolning eng nufuzli musobaqasida iştirok eta olmayapti.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: