Yamalning 11 million yevrolik uyida öğirlikka uriniş sodir böldi
Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” yarim himoyaçisi Lamin Yamalning Barselona şahri yaqinidagi Espluges-de-Lobregatda joylaşgan uyida öğirlikka uriniş sodir etildi. Bu haqda “El Espanol” naşri xabar berdi.
Hodisa keça, 14 iyul kuni keçqurun, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati yarim finalida Frantsiyani 2:0 hisobida mağlub etib, finalga yöl olgan paytda yuz bergan. Öşa vaqtda Lamin Yamal AQŞda bölib, mazkur uçraşuvda töliq 90 daqiqa harakat qildi. U işlab bergan penaltini Mikel Oyarsabal aniq amalga oşirdi.
Naşr malumotiga köra, niqob taqqan ikki nafar nomalum şaxs hovli devoridan oşib, mulk hududiga kirişga uringan. Biroq xavfsizlik xizmati xodimlari ularni kuzatuv kameralari orqali öz vaqtida aniqlagan. Şundan söng zudlik bilan çora körilgan va gumondorlar uy içiga kira olmasdan voqea joyidan qoçib ketgan. Kataloniya politsiyasi uşbu hodisa yuzasidan tergov işlarini boşlagan.
Malum qilinişiça, Yamal yaşaydigan qasr avvalroq maşhur xonanda Şakira hamda “Barselona”ning sobiq himoyaçisi Jerar Pikega tegişli bölgan. Uyning taxminiy qiymati 11 million yevro deb baholanmoqda.
Jahon çempionati finaliga çiqqan Ispaniya terma jamoasi endi joriy yilning 19 iyul kuni bölib ötadigan Argentina – Angliya bahsi ğolibi bilan töqnaş keladi.