Özbekistonlik boksçilar Osiyo çempionatida birinçi örinni egalladi
Keça, 16 iyul kuni Indoneziya poytaxti Jakarta şahrida boks böyiça U-19 va U-23 yoş toifalari örtasidagi Osiyo çempionati öz yakuniga yetdi. Musobaqada Özbekiston terma jamoasi har ikki yoş toifasida ham umumjamoa hisobida mutlaq birinçi örinni egalladi.
Musobaqaning sönggi kunida ötkazilgan U-23 yoş toifasidagi final janglarida ham özbekistonlik çarm qölqop ustalari muvaffaqiyatli iştirok etdi. Terma jamoa 4 ta oltin, 2 ta kumuş va 3 ta bronza medalini qölga kiritib, umumjamoa hisobida birinçi örinni saqlab qoldi.
Oltin medal sohiblari:
- 65 kg – Ilhomjon Ergaşev;
- 70 kg – Abdulloh Madaminov;
- 80 kg – Fazliddin Erkinboyev;
- +90 kg – Ozodbek Aliyev.
Kumuş medal sohiblari:
- 85 kg – Norbek Abdullayev;
- 90 kg – Samir Sobirov.
Bronza medal sohiblari:
- 55 kg – Faryozbek Dösmatov;
- 60 kg – Abdurahmon Mahmudjonov;
- 75 kg – Abdulaziz Abdulhamidov.
U-19 yoş toifasida ham Özbekiston terma jamoasi ajoyib natija qayd etib, 7 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinçi örinni qölga kiritdi.
Oltin medal sohiblari:
- 50 kg – Ötkirbek Norqosimov;
- 55 kg – Elyor Rustamov;
- 60 kg – Muhammadrizo Ukimov;
- 75 kg – Suxrob Rahmatullayev;
- 80 kg – Abror Şaripov;
- 85 kg – Sardorbek Baxromxöjayev;
- 90 kg – Asadbek Sultanboyev.
Kumuş medal sohibi:
- +90 kg – Islom Salixov.
Bronza medal sohibi:
- 70 kg – Saidxöja Sadillaxöjayev.
Şu tariqa, Özbekiston yoşlar terma jamoasi mazkur Osiyo çempionatida ham U-19, ham U-23 yoş toifalarida umumjamoa hisobida birinçi örinni egallab, yoşlar boksida qitaning eng kuçli jamoasi ekanini yana bir bor isbotladi.