Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunladi – OAV
Argentinalik hujumçi Lionel Messi milliy terma jamoadagi sönggi öyinini ötkazganini jamoadoşlariga malum qildi. Bu haqda jurnalist Ernan Kastilo ijtimoiy tarmoğida malum qildi.
Manbaga köra, Messi Jahon çempionati finalida Ispaniyaga qarşi öyindan söng kiyiniş xonasida nutq sözlagan va terma jamoada boşqa öynamasligini malum qilgan. Argentina terma jamoasi mazkur uçraşuvda qöşimça vaqtda 0:1 hisobida mağlub bölgandi.
39 yoşli futbolçi 2023 yildan buyon MLS vakili “Inter Mayami” klubi safida töp tepib kelmoqda. U Yevropada “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” klublari şarafini himoya qilgan.
Messi “Barselona” bilan tört marta Çempionlar ligasi, uç marta UEFA Superkubogi va uç marta klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib çiqqan.
Argentina terma jamoasi safida u 2022 yilgi Jahon çempionati ğolibi bölgan, 2014 va 2026 yillarda esa mundial finaliga qadar yetib borgan. Şuningdek, Messi 2008 yilgi Olimpiada çempioni hamda 2021 va 2024 yillarda ötkazilgan Amerika Kubogi ğolibi hisoblanadi.
Lionel Messi sakkiz marta “Oltin töp”ni qölga kiritib, uşbu mukofotni eng köp olgan futbolçi sifatida rekord örnatgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Argentina futbol assotsiatsiyasi Jahon çempionati finalidan söng Messiga atab tasirli murojaat yöllagandi.