USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Siti” yarim himoyaçisi jamoa bilan yangi şartnoma imzoladi

115 марта
“Сити” ярим ҳимоячиси жамоа билан янги шартнома имзолади

“Mançester Siti” yarim himoyaçisi Fil Foden klub bilan 2030 yilga qadar möljallangan yangi tört yillik şartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

26 yoşli futbolçi “Mançester Siti” tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U klub akademiyasiga töqqiz yoşida qabul qilingan va bolaligidan “şaharliklar” muxlisi bölib kelgan.

Foden 2017 yilda Pep Gvardiola qöl ostida asosiy jamoada debyut qilgan. Şundan buyon u klub tarixidagi eng köp sovrin qölga kiritgan futbolçilardan biriga aylandi.

“2026 yil may oyida Foden “Mançester Siti” safida Premer-ligada 100 ta gol urgan oltinçi futbolçiga aylandi. Şuningdek, u klubning 132 yillik tarixida 100 gollik marrani zabt etgan atigi 20 futbolçidan biri böldi”, deyiladi klub bayonotida.

Angliyalik futbolçi “Mançester Siti” bilan jami 20 ta yirik sovrinni qölga kiritgan. Ular orasida oltita Angliya Premer-ligasi çempionligi, beşta Liga kubogi, uçta Angliya kubogi, uçta Angliya Superkubogi, şuningdek, Çempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar örtasidagi jahon çempionligi bor.

Foden jamoaviy yutuqlardan taşqari bir qator nufuzli şaxsiy sovrinlarga ham sazovor bölgan. U 2023-2024 yilgi mavsumda Angliya professional futbolçilar assotsiatsiyasi talqiniga köra yilning eng yaxşi futbolçisi, Futbol yozuvçilari assotsiatsiyasi talqini böyiça yilning eng yaxşi öyinçisi va Premer-ligada mavsumning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: