Özbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo öyinlaridagi raqiblari aniq böldi
Joriy yilning 19 sentyabr – 4 oktyabr kunlari Yaponiyaning Ayçi va Nagoya şaharlarida bölib ötadigan XX Osiyo öyinlari futbol musobaqasi uçun qura taşlaş marosimi ötkazildi. Unda Özbekiston U-23 terma jamoasi “S” guruhidan joy oldi.
Qura natijalariga köra, Ravşan Haydarov boşçiligidagi Özbekiston U-23 terma jamoasi “S” guruhidan joy oldi.
“S” guruhi:
- Vetnam
- Özbekiston
- Filippin
- Quvayt
Qura oldidan Özbekiston U-23 terma jamoasi ikkinçi savatdan örin olgan edi. XX Osiyo öyinlarida Özbekiston şarafini nafaqat U-23 erkaklar terma jamoasi, balki ayollar milliy terma jamoasi ham himoya qiladi.
Malumot uçun, Özbekiston olimpiya terma jamoasi 2023 yil Xitoyning Xançjou şahrida bölib ötgan XIX Osiyo öyinlarida muvaffaqiyatli iştirok etib, musobaqaning bronza medallarini qölga kiritgan edi.