Jeff Bezos “Liverpul”ni sotib olişi mumkin
Amazon asosçisi Jeff Bezosga Angliyaning “Liverpul” futbol klubidan uluş sotib oliş böyiça muzokara olib borayotgan konsortsium tarkibiga qöşiliş taklif qilindi. Bu haqda “The Guardian” naşrlari xabar berdi.
Manbaga köra, “Kuinz Park Reynjers” klubining sobiq hamegasi Amit Bxatia boşçiligidagi konsortsium “Liverpul” egasi hisoblangan Fenway Sports Group (FSG)ning klubdagi taxminan 30 foizlik uluşini 1,35 milliard funt sterlingga, yani qariyb 1,8 milliard dollarga sotib oliş böyiça dastlabki taklif bilan çiqqan.
Ayni paytda konsortsium bitimni moliyalaştiriş uçun qöşimça sarmoyadorlarni jalb qilişga harakat qilmoqda.
FSG Bxatia boşçiligidagi guruh bilan “Liverpul”ga strategik minoritar investitsiya kiritiş masalasida muzokaralar ötkazilganini tasdiqlagan. Şu hafta boşida hindistonlik milliarder Lakşmi Mittalning kuyovi bölgan Amit Bxatia Angliya Çempionşipida iştirok etuvçi “Kuinz Park Reynjers” klubidagi uluşidan voz keçgan.
Jeff Bezos avvalroq NFL’dagi “Sietl Sixoks” va “Vaşington Kommanders” klublarini sotib oliş imkoniyatini körib çiqqan. Biroq u şu paytgaça Angliya Premer-ligasi klublariga jiddiy qiziqiş bildirmagan. FSG “Liverpul” klubiga 2010 yildan buyon egalik qilib kelmoqda.
“Forbes” bahosiga köra, Jeff Bezosning boyligi 253 milliard dollarni taşkil etadi va u dunyoning eng boy insonlari röyxatida törtinçi örinni egallaydi. Lakşmi Mittalning boyligi esa 31,3 milliard dollarga baholanib, u reytingda 72-örinda qayd etilgan.
Malumot uçun, “Liverpul” ötgan mavsumni sovrinsiz yakunladi. Jamoa Angliya Premer-ligasida beşinçi örinni egalladi va Çempionlar ligasining çorak final bosqiçida musobaqani tark etdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Liverpul” klubiga egalik qiluvçi Amerikaning Fenway Sports Group investitsiya kompaniyasi Mersisayd klubidagi malum bir uluşini sotiş böyiça muzokaralar olib bormayotgani haqida xabar berilgandi.