Çempionlar ligasiga qura taşlaş marosimi sanasi malum böldi
Yangi 2026-2027 yilgi mavsum Çempionlar ligasining asosiy bosqiçiga qura taşlaş marosimi joriy yilning 27 avgust kuni bölib ötadi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
Taşkilot rasmiy saytida elon qilingan malumotga köra, qura taşlaş marosimi joriy yilning 27 avgust kuni bölib ötadi. Unda Yevropaning eng nufuzli klublari musobaqasining asosiy bosqiçida iştirok etadigan 36 jamoaning taqvimi şakllantiriladi.
Ayni paytda musobaqaning barça iştirokçilari hali aniq bölgani yöq. Çempionlar ligasi saralaş bosqiçining pley-off bahslari davom etmoqda va qolgan yöllanmalar aynan şu bosqiçda hal etiladi. Javob uçraşuvlari 25 va 26 avgust kunlari bölib ötadi.
Saralaş bahslari yakunlanganidan söng, 27 avgust kuni bölib ötadigan qura taşlaş marosimida 2026-2027 yilgi mavsumning barça iştirokçilari rasman malum böladi.
Eslatib ötamiz, yagona liga formati ilk bor 2024-2025 yilgi mavsumdan boşlab joriy etilgan. Unga köra, 36 ta jamoa umumiy jadvalda iştirok etadi. Har bir klub turli raqiblarga qarşi 8 ta öyin ötkazadi – 4 tasi öz maydonida, qolgan törttasi mehmonda.
Liga bosqiçini dastlabki sakkiz örinda yakunlagan jamoalar töğridan-töğri nimçorak finalga yöl oladi. 9–24-örinlarni egallagan klublar esa pley-off bosqiçida ikki uçraşuvdan iborat qarama-qarşiliklarda keyingi bosqiç yöllanmasi uçun kuraş olib boradi.
Eslatib ötamiz, Frantsiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi sönggi ikki mavsumda ham Çempionlar ligasi boş sovrinini qölga kiritib, yangi formatdagi musobaqaning ilk ikki ğolibiga aylandi.