“Barselona”ning “Kamp Nou” stadioni rekonstruktsiyasida işçi vafot etdi
“Barselona” futbol klubi “Kamp Nou” stadionida rekonstruktsiya işlari olib borilayotgan vaqtda quriliş işçisi vafot etdi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Klub elon qilgan qisqa bayonotda “keça iş joyida sodir bölgan baxtsiz hodisa oqibatida hayotdan köz yumgan işçining vafotidan çuqur qayğuda ekanini” bildirdi. Şuningdek, marhumning oilasi, yaqinlari va hamkasblariga hamdardlik izhor etildi.
Kataloniya politsiyasining malumotiga köra, 54 yoşli işçi boşidan olgan oğir jarohati oqibatida vafot etgan.
“Associated Press” agentligining söroviga köra, hodisa yuzasidan boşqa tafsilotlar oçiqlanmagan.
“Barselona” 2023 yilda Yevropadagi eng katta futbol stadioni hisoblangan “Kamp Nou”ni kapital rekonstruktsiya qiliş işlarini boşlagan edi. Quriliş işlari davom etayotganiga qaramay, jamoa ötgan yilning noyabr oyida çeklangan miqdordagi tomoşabinlar uçun stadionni qisman oçgan.
Kataloniya klubi sönggi ikki mavsumda Ispaniya La Ligasi çempionligini qölga kiritdi. Yangi mavsumni esa jamoa joriy yilning 23 avgust kuni “Elçe” maydonida boşlaydi.
Jamoaning “Kamp Nou”dagi ilk uy uçraşuvi 27 avgust kuni “Atletik Bilbao”ga qarşi bölib ötadi. Bu öyin rekonstruktsiya işlari davom etayotgan stadionda ötkaziladi.
Rekonstruktsiya töliq yakunlangaç, stadion siğimi 105 ming tomoşabinga yetadi va “Kamp Nou” yana Yevropadagi eng katta futbol stadioni maqomini mustahkamlaydi.